AKSIYA Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120

 Наименование услуги:Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120 (Акция)

  

 

  Описание услуги.  

Услуга IVR Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120 позволяет позвонить по номеру Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120 и получить доступ к городу знакомств.

В целях привлечения абонентов к данной услуге планируется проведение акции «Приз 3 миллиона», которая продлится с 1 мая по 30 апреля 2024-2025 гг.  в компаниях “MCHJ “RWC”

Далее 

В целях привлечения абонентов к услуге IVR 8888 Ucell планируется проведение акции «Приз 3 миллиона», которая продлится с 6 июня по 30 апреля 2024-2025 гг.  в компании “MCHJ “COSCOM”

В целях привлечения абонентов к услуге IVR 8888 Ucell планируется проведение акции «Приз 3 миллиона», которая продлится с 1 июля по 30 июля  2024-2025 гг.  в компании O‘zbektelekom” AK

После того, как абонент подключится к услуге и станет участником акции, ему предоставляется один месяц календарных дней для бесплатного использования порталов Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120.

В рамках услуги Организатор предоставляет Пользователям услугу «Голосовой портал» на платной основе в соответствии с Тарифами. Услуга голосового портала Услуга предоставляется бесплатно для участников акции в течение первого месяца после подписки. Акция проводится в последние 3 дня каждого месяца на YouTube-канале Zamin Mobile. За 1 день до окончания одного месяца бесплатного использования абоненты будут уведомлены посредством SMS о том, что услуга голосового портала станет платной. Цена и условия перехода на платный режим, а также способы отмены подписки будут указаны в СМС. Абонентская плата для абонентов Ucell 673.6 сум,  для абонентов Uztelecom 900 сум,  для абонентов Mobiuz 900 сум, для абонентов Perfectum 796 сумов в сутки.

Только один участник будет определяться победителем (из всех подписчиков) в месяц в рамках каждой призовой акции. Победители будут определены случайным образом с помощью программы, разработанной ООО «Замин Мобайл» (программа работает по принципу программы-рандомизатора).

Акция будет проводится на всех операторах с одним призовым фондом и одним победителем.

Акция пройдет в конце месяца на YouTube-канале Zamin Mobile.

AKSIYA 3million yutuq

Xizmatidan foydalanish

KELISHUVI

1. Kelishuv predmeti

 

1.1. Mazkur Foydalanish kelishuvining (bundan keyin matnda – Kelishuv deb ataladi) tomonlari boʻlib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2021-yil 19-avgustda berilgan № AA 0007210-sonli litsenziya asosida amalga oshiruvchi MCHJ “Zamin Mobile” (2016-yil 17-fevralda Toshkent shahar Xokimligi huzuridagi tadbirkorlarni roʻyxatga olish inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan, Sertifikat № AA 0007210, STIR: 303808184, tel.: +998 71 233-36-16) (bundan keyin matnda – Tashkilotchi deb ataladi) va “MCHJ “COSCOM”, “MCHJ “UMS” ,“O‘zbektelekom” AK “UzMobile” filiali,  “MCHJ “RWC”   xizmatlariga ulangan, muloqotga layoqatli jismoniy shaxs Abonent (bundan keyin matnda – Foydalanuvchi deb ataladi) hisoblanadi.

1.2. mazkur Kelishuvda quyidagi atamalardan foydalaniladi:

“Xizmat” — Abonent ulangan uyali aloqa operatori tomonidan oʻrnatilgan tarif rejasi va tarifikatsiyaga muvofiq toʻlov asosidagi Ovozli portalga kirishni taqdim etish;

“Ovozli portal” -- Abonentlarga maxsus qisqa raqamlarda interfaol koʻngilochar va boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun Tashkilotchining call-markazi ichida qoʻngʻiroqlarni yoʻnaltirish vazifasini bajaruvchi, oldindan yozib qoʻyilgan ovozli xabarlar tizimi;

“Onlayn chat” -- Ovozli portalning maxsus buyruqlari yordamida Abonentlarga real vaqtda interfaol muloqot qilish imkoniyatini beruvchi Ovozli portalning xizmatlaridan biri;

“Aksiya” — Tashkilotchi tomonidan Foydalanuvchilar orasida Ovozli portal va Xizmatlardan foydalanishni kuchaytirish maqsadida bepul asosda oʻtkaziladigan sovrinlar tanlovi;

“Abonent raqami” – Foydalanuvchiga telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasini tuzishda uyali aloqa operatori tomonidan ajratilgan, telefon tarmogʻiga ulangan abonent qurilmasini unga boshqa abonent qurilmalari ulanganida identifikatsiyalashtirish mumkin boʻlgan raqam;

“Servis raqami” – bu mobil aloqa operatori tomonidan Ovozli portal va Xizmatlarga kirish uchun taqdim etiladigan maxsus qisqa raqam, Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120. (Muloqot olami)

 

“Tashkilotchi” — MCHJ “Zamin Mobile”;

“Tarif”— mazkur Kelishuvga ilovada koʻrsatilgan Ovozli portal xizmatlari narxi;

“Foydalanuvchi” — jismoniy shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan uyali aloqa operatori abonenti;

 

 

2. UMUMIY QOIDALAR

 

2.1. Mazkur Kelishuv, Tashkilotchi va Foydalanuvchi oʻrtasida Tashkilotchining koʻngilochar va boshqa xizmatlaridan foydalanish boʻyicha munosabatlarini tartibga soladi.

2.2. Xizmatga ulanish uchun Foydalanuvchi Ucell 8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Prefectum-120 servis raqamiga qoʻngʻiroq qilishi yoki 123 (Uztelecom abonentlari 456) qisqa raqamiga H kodini sms orqali yuborishi zarur.

2.3. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvning 2.2-bandida koʻrsatilgan Servis raqamiga qoʻngʻiroq qilishi yoki sms kod H yuborishi quyidagilarni anglatadi:

• Foydalanuvchining mazkur Kelishuvni barcha bandlariga soʻzsiz rozi boʻlishi va ushbu Kelishuv boʻyicha Foydalanuvchiga yuklatilgan vazifalarga rioya qilish majburiyatlari bilan uning shartlarini soʻzsiz qabul qilish;

• Foydalanuvchining, Tashkilotchi va Foydalanuvchining uyali aloqa operatori oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan Tariflarga muvofiq mablagʻlarni oʻzini abonent hisob raqami yechib olinishiga soʻzsiz rozi boʻlishi;

• Ushbu Kelishuvning toʻliq va soʻzsiz aksepti, uni bilmaslik, shartlari bilan tanishib chiqmaslik Foydalanuvchini uni shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi;

• Shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berilishiga rozilik;

• Xizmatni ulash vaqtida Foydalanuvchi 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlaydi.

2.4. Xizmatga, 2.2-bandda koʻrsatilgan har qanday usullarning biri orqali ulanishda, Foydalanuvchiga ulanganligi, agar Xizmatga ulanish kuniga shunday aksiya mavjud boʻlsa, aksiyaning davom etish muddati haqidagi xabar, shuningdek mazkur Foydalanish Kelishuviga havola yozilgan SMS-xabar keladi.

2.5. Mazkur Kelishuv va/yoki Tariflarni Operator bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va/yoki qoʻshimcha kiritish huquqini Tashkilotchi oʻzida qoldiradi. Tashkilotchi, Kelishuv va/yoki Tariflardagi oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni Foydalanuvchiga ushbu Kelishuv matniga havolani koʻrsatgan holda, kiritilgan oʻzgarish va/yoki qoʻshimchalar kuchga kirishidan 1 kun oldin SMS orqali yuboradi.

Kelishuv va Kelishuvga oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalarning amaldagi tahriri Internet global tarmogʻida www.zaminmobile.uz manzili boʻyicha mavjud.

2.6. Foydalanuvchi, Kelishuv va/yoki Tariflarga Tashkilotchi tomonidan kiritilgan oʻzgarishlar va/yoki qoʻshimchalarga rozi boʻlmagan taqdirda, shuningdek Foydalanuvchi Xizmatdan foydalanishni rad etish istagini bildirgan hollarda, Foydalanuvchi har qanday vaqtda Servis raqamdagi shaxsiy kabinet, 71 233-16-36 raqami orqali Tashkilotchining call-markaziga qoʻngʻiroq qilib yoki STOP 1 va STOP H buyrug’ini 123 (456 Uztelecom) raqamiga yuborish orqali, Xizmatdan foydalanishni toʻxtatish huquqiga ega.

2.7. Foydalanuvchi tomonidan, mazkur Kelishuvning 2.6-bandida koʻrsatilgan SMS-xabarning joʻnatilmaganligi, shuningdek Abonentga Tashkilotchi tomonidan eʼlon qilingan aksiyalarning yakunlanganligi toʻgʻrisidagi SMS-xabarlarning kelishi, Foydalanuvchining Xizmatdan keyinchalik foydalanishga roziligini anglatadi. Bunday rozilik, Abonent Tashkilotchiga ushbu Kelishuvning 2.6-bandida koʻzda tutilgan usullardan biri bilan Xizmatdan foydalanishni rad etish (voz kechish) toʻgʻrisida ogohlantirish yuborgunga qadar davom etadi.

2.8. Agar Foydalanuvchi, mazkur Kelishuvning 2.5-bandiga muvofiq xabar tariqasida yuboriladigan Kelishuvga har qanday oʻzgarish va/yoki qoʻshimchalar kiritilganidan keyin Xizmatdan foydalanishni rad etmagan (voz kechmagan) taqdirda yoki Ovozli portaldan foydalanishni davom ettirsa, bu Foydalanuvchining bunday oʻzgarish va/yoki qoʻshimchalarga soʻzsiz rozi ekanligini anglatadi.

2.9. Mazkur Kelishuv ommaviy oferta hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq tuzilgan.

 

 

3. Tashkilotchining huquq va majburiyatlari

 

3.1. Tashkilotchi Foydalanuvchiga Ovozli portalga kirishni taqdim etishga majbur.

3.2. Tashkilotchi, oʻz ixtiyoriga koʻra ovozli portal orqali xizmatlarni taqdim etish huquqini oʻzida qoldiradi.

3.3. Tashkilotchi har qanday vaqtda, Foydalanuvchining roziligini olmasdan, mazkur Kelishuvni bir tomonlama oʻzgartirish huquqiga ega.

3.3.1 Tashkilotchi, Xizmatni ommaviylashtirish, Foydalanuvchilarning eʼtiborini jalb qilish maqsadida, Aksiyalar oʻtkazishga haqli. Aksiyalarni oʻtkazish tartibi mazkur Kelishuvning 7 boʻlimiga muvofiq belgilanadi.

3.4. Tashkilotchi Foydalanuvchilarga, Kelishuvga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi maʼlumot, aksiyalar toʻgʻrisidagi axborot, Xizmat haqidagi tashkiliy-texnik yoki boshqa maʼlumotlardan iborat boʻlgan SMS-xabarlar yuborilishini amalga oshirishga haqli.

3.5. Xizmatni koʻrsatishda Tashkilotchi quyidagi harakatlarni amalga oshirmasligi shart:

3.5.1. uy manzillari, telefon raqamlari va boshqa shaxsiy maʼlumotlarni ochiq foydalanishga joylashtirishga Foydalanuvchilarning shaxsiy roziligini olmasdan turib, shunday harakatlarni amalga oshirish;

3.5.2. Foydalanuvchiga, virus yoki boshqa zararli dasturlarni oʻz ichiga olgan har qanday fayllarni joʻnatish;

3.5.3. jinoiy faoliyatni batafsil bayon qilish yoki targʻib qilish, jinoiy harakatlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni joylashtirish;

3.5.4. Foydalanuvchilarga, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa maʼlumotni joʻnatish.

 

 

4. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

 

4.1. Foydalanuvchi, mazkur kelishuvning shartlariga rioya qilgan va Tariflarga muvofiq tegishli pulli xizmatlardan foydalanganlik uchun haq toʻlagan holda oʻz ixtiyoriga koʻra Ovozli portal xizmatlaridan foydalanishga haqli.

4.2. Foydalanuvchi Xizmatdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, shuningdek Tashkilotchining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish majburiyatini oladi.

4.3. Foydalanuvchi, Tashkilotchiga SMS-xabar orqali qandaydir bir mahsulot yoki xizmatlar reklamasi boʻlgan materiallarni yubormaslik majburiyatini oladi.

4.4. Foydalanuvchi, shaxsiy kabinet orqali qisqa raqamga,  shuningdek  call-markazga (71 233 16 36) qoʻngʻiroq qilib yoki STOP H buyrug’ini 123 (456 Uztelecom) raqamiga yuborish orqali, Xizmatdan foydalanishni toʻxtatish huquqiga ega.

4.5. Foydalanuvchi, Tashkilotchi tomonidan oʻtkaziladigan Aksiyalarda ishtirok etish huquqiga ega. Aksiyalarda ishtirok etish uchun Foydalanuvchi mazkur Kelishuvning 2.2-bandida koʻzda tutilgan usul orqali Xizmatga obuna boʻlgan boʻlishi kerak, shuningdek oʻzi ishtirok etishni rejalashtirayotgan har bir Aksiyaning shartlari bilan tanishib chiqish majburiyatini oladi. Har bir Aksiyaning shartlari ushbu Kelishuvning Ilovasi hisoblanadi va www.zaminmobile.uz saytida joylashtiriladi.

4.6. Foydalanuvchi, Tashkilotchining roziligisiz uchinchi shaxslarga noyob kod mazmuni toʻgʻrisidagi axborotni boshqa shaxsga topshirish, voz kechish, sotish, foydalanishga topshirish va bunday maʼlumotning boshqa shaxsga topshirilishiga olib keluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.

4.7. Voyaga yetmagan shaxslarning Xizmatga kirmasligini kafolatlaydi va Foydalanuvchining aybi bilan voyaga yetmagan shaxslar Xizmatga ruxsatsiz kirishlari oqibatida yuzaga kelgan qandaydir bir zarar yoki ziyon uchun Foydalanuvchi javob beradi.

4.8. Foydalanuvchi, mazkur Kelishuv bilan belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishga majbur.

 

 

5. Xizmatdan foydalanish qoidalari va shartlari

 

5.1. Xizmat doirasida Tashkilotchi Foydalanuvchilarga Tariflarga muvofiq pullik asosda Ovozli portal xizmatini taqdim etadi. Ovozli portal xizmati abonentlari uchun obunadan keyingi dastlabki biroy davomida xizmat bepul taqdim etiladi. Aksiya haroyningoxirigi 3 kuni ichida o'tkaziladi. Biroy bepul kun tugashiga 1 kun qolganda abonentlar ovozli portal xizmati pullik bo'lishi haqida SMS orqali xabardor qilinadi. SMSda pullik rejimga o‘tish narxi va shartlari, shuningdek, obunani bekor qilish yo‘llari ko‘rsatiliadi. Ucell abonentlari uchun oylik to‘lov kuniga Ucell 673.6 Uztelecom 900 so'm, Mobiuz 900 so'm, Perfectum 796 so'm so‘mni tashkil qiladi.

 

5.2. Xizmat narxi Tashkilotchi va Foydalanuvchining uyali aloqa operatori o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Foydalanuvchining abonent hisobidan yechib olinadi.

 

5.3. Foydalanuvchi uchun Xizmatlar narxi 2025-yil 31-dekabrga qadar www.zaminbonile.uz internet tarmog‘ida mavjud bo‘ladi va bu ma’lumotlar keyinroq arxivlanadi.

 

5.4. Foydalanuvchining abonentlik raqamida mablagʻlar mavjud boʻlmaganida, Tashkilotchi Foydalanuvchiga Xizmatlar koʻrsatishga majbur emas. Agar, Foydalanuvchining abonent hisob raqamida Tashkilotchi Xizmatlariga haq toʻlash uchun mablagʻlar yetarli boʻlmaganligi oqibatida Xizmatlar narxini toʻlashga mablagʻlar yetarli boʻlmasa, Tashkilotchi, Foydalanuvchining abonent hisob raqamida Tashkilotchining Xizmatlarini toʻlashga mablagʻlar yetarli boʻlguniga qadar Xizmatlarga kirish imkoniyatini vaqtincha cheklab qoʻyadi.

5.5. Xizmatlar narxi, ularning tarkibi, toʻlov muddatlari va tartibi, Foydalanuvchini keyinchalik kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida mazkur Kelishuvning 2.5-bandida koʻzda tutilgan tartibda ogohlantirgan holda Tashkilotchi tomonidan bir tomonlama ravishda oʻzgartirilishi mumkin.

5.6. Mazkur Kelishuvning 2.2-bandida koʻzda tutilgan tartibda Xizmatga obuna boʻla turib, Foydalanuvchi, oʻzi xizmatdan foydalanishni rejalashtirayotgan qurilma Xizmatning barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkoniga ega ekanligi bilan soʻzsiz roziligini bildiradi.

5.7. Mazkur Kelishuvning tomonlari, Ovozli portal xizmatiga obuna boʻlish vaqtida Xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanishini tasdiqlaydi va kelishadilar.

 

 

6. Javobgarlik. Javobgarlikni cheklash

 

6.1. Xizmat, “qanday koʻrinishda boʻlsa, oʻsha holatda” taqdim etiladi. Tashkilotchi unga nisbatan hech qanday kafolat yoki ishonchnoma bermaydi.

6.2. Foydalanuvchi, Tashkilotchining Ovozli portaldagi xizmatlarini mos kelishi javob bermasligini tushunadi.

6.3. Foydalanuvchi Noyob kodi aksiya va oʻyinlarga kirishni taʼminlash shartida, Qurilma yoki dasturiy taʼminotning, Foydalanuvchining noyob kodini toʻliq yoki Foydalanuvchilar kutgan darajada qisman qoʻllab-quvvatlay olmasligi natijasida yetkazilgan har qanday zarur uchun Tashkilotchi javobgar boʻlmaydi.

6.4. Foydalanuvchi tomonidan qandaydir bir gʻarazgoʻy maqsadlarda yuborilgan maʼlumotlardan foydalanmaslik majburiyatini oladi va ushbu maʼlumotlarning oshkor qilinmasligini kafolatlaydi. Tashkilotchi tomonidan, davlat nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi boʻyicha bunday maʼlumotni oshkor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va lozim darajada xizmat koʻrsatish uchun Tashkilotchining majburiyati boʻlgan hollarda, Foydalanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotning Tashkilotchi tomonidan oshkor qilinishi mazkur shartning buzilishi hisoblanmaydi.

6.5. Foydalanuvchi oʻzining Abonent raqamining saqlanuvchanligi va uni yoʻqotish yoki Abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanganlik sababli vujudga kelishi mumkin boʻlgan ziyonlar uchun toʻliq javobgar boʻladi. Foydalanuvchining Abonent raqamini uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz ishlatishi sababli vujudga kelgan ziyonlar uchun Tashkilotchi javob bermaydi va qoplab bermaydi. Foydalanuvchining Abonent raqamidan foydalanish amalga oshirilgan barcha harakatlar, Foydalanuvchining harakatlari deb baholanadi. Foydalanuvchi, abonent raqamidan amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.

6.6. Tashkilotchi, telefon aloqasi, uyali operatorlar ishi, Internet tarmogʻi bilan bogʻlanish sifati, shuningdek Internet-provayderlar ishining sifati va ularning Foydalanuvchini qurilma va dasturiy taʼminoti bilan ishlashi hamda Tashkilotchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar uchun, bular bilan bogʻliq boʻlgan barcha negativ oqibatlarning barchasi kabi javob bermaydi.

6.7. Foydalanuvchi yoki boshqa shaxsning har qanday elektron qurilmalari, mobil qurilmalari, har qanday boshqa jihozi yoki dasturiy taʼminotiga Xizmatdan foydalanish natijasida yetkazilgan yoki u bilan bogʻliq zarar uchun Tashkilotchi javob bermaydi.

6.8. Hech qanday vaziyatda Tashkilotchi, Xizmatdan foydalanish sababli kelib chiqqan har qanday toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita, qasddan yetkazilmagan zarar, shu jumladan qoʻldan boy berilgan daromad va yoʻqotilgan maʼlumotlar uchun Foydalanuvchi yoki boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi.

6.9. Foydalanuvchi, “Ovozli portal” xizmati orqali olinadigan maʼlumotning mazmuni va qonuniyligi, haqqoniyligi uchun Foydalanuvchi yoki boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi.

6.10. Mazkur Kelishuvda bayon etilgan qoida va shartlarning Foydalanuvchi tomonidan buzilganligi uchun Tashkilotchi javob bermaydi va Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvda bayon qilingan qoida va shartlar, yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzganida yohud har qanday uchinchi shaxslardan ana shunday maʼlumotni olganida, Tashkilotchi oʻz ixtiyoriga koʻra Foydalanuvchini oldindan ogohlantirgan yoki ogohlantirmagan holda, bunday harakat natijasida Foydalanuvchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan har qanday zarar uchun javob bermasdan turib, Foydalanuvchining Xizmatga kirishini toʻxtatib turishi, cheklab qoʻyishi yoki toʻxtatib qoʻyish huquqini oʻzida qoldiradi.

 

 

7. Aksiyalarni oʻtkazish shartlari

 

7.1. Foydalanuvchilarni Xizmatdan foydalanishga qiziqtirish maqsadida, Tashkilotchi oʻz ixtiyoriga koʻra mustaqil ravishda ragʻbatlantiruvchi tusdagi Aksiyalarni oʻtkazishga haqli.

7.2. “Ovozli portal” Xizmatini faollashtirgan barcha Foydalanuvchilar (jismoniy shaxslar) aksiya ishtirokchilari boʻladi.

7.3. Quyidagilarga Aksiyada ishtirok etish taqiqlanadi: Tashkilotchi xodimlari, vakillari hamda bunday xodim va vakillarning oila aʼzolariga, shuningdek agar Tashkilotchi tomonidan pudratchi-tashkilot taklif etilgan boʻlsa u holda bunday pudratchi-tashkilotning xodim va vakillarining oila aʼzolariga, boshqa har qanday yuridik shaxslarning xodim va vakillariga, shuningdek tashkilot va/yoki Aksiyani oʻtkazishga aloqador boʻlgan har qanday boshqa shaxslar hamda ularning oila aʼzolariga. Agarda Aksiya Gʻolibini aniqlash chogʻida, Qoidalarning mazkur bandida koʻrsatilgan shaxs Gʻolib boʻlganligi aniqlansa, u holda Tashkilotchi sovrinli oʻyinni qayta oʻtkazish huquqini oʻzida qoldiradi.

7.4. Oʻtkazilish shartlari mazkur Kelishuvning Ilovasi boʻlgan har bir oʻtkaziladigan Aksiya toʻgʻrisida eʼlon qiladi.

 

 

8. Yakuniy qoidalar

 

8.1. Tashkilotchi va Foydalanuvchining oʻrtasidagi ushbu Kelishuv va munosabatlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi va talqin etiladi. Kelishuv bilan tartibga solinmagan masalalar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etilishi lozim.

 

8.2. Agar qandaydir bir sabablar bilan ushbu Kelishuvning biror bir shartlari haqiqiy (amalda) yoki yuridik kuchga ega boʻlmasa, bu Kelishuvning boshqa shartlarining amal qilishi yoki qoʻllanilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.

8.3. Mazkur Kelishuv nomuayyan muddat davomida amal qiladi va Servisga kirish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi har qanday Foydalanuvchiga, mazkur Kelishuvni Servisda chop etish sanasigacha kabi, uning chop etish sanasidan keyin ham amal qiladi.

8.4. Ushbu Kelishuv, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq ommaviy ofertani, Foydalanuvchining mazkur Kelishuv sharlariga roziligini (akseptni) ifodalaydi.

8.5. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlardan kelib chiquvchi mazkur Kelishuv bilan tartibga solinadigan har qanday nizolar, Tashkilotchi joylashgan joydagi vakolatli sudda, nizolarni tartibga solishning suddan oldingi eʼtirozli tartibiga majburiy amal qilgan holda hal etilishiga Tomonlar rozi boʻldilar.

8.6. Xizmatga taalluqli har qanday eʼtirozlar, masala va takliflar bilan Foydalanuvchilar Tashkilotchiga: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. pochta manzili orqali murojaat qilishlari mumkin. Tashkilotchiga eʼtiroz bilan murojaat qilinganida Foydalanuvchi, eʼtirozning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi, shuningdek Servisdagi barcha roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini koʻrsatishi shart.

8.7. Mazkur Kelishuv oʻzbek va rus tillarida tuzilgan. Nizolar kelib chiqqanida, oʻzbek tilidagi variant ustun boʻladi. Kelishuvning oʻzbek tilidagi matni www.zaminmobile.uz. manzilda joylashtirilgan.

 

 

  

 

 

 Kelishuvga № 1 Ilova

 

“Omadli Abonent” aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida

 

1. Sovrin sifatida quyidagilar belgilangan:

1.1. Bosh sovrin: 3 millon so'm (Uztelecom abonentlari uchun 5 millon so'm) 

1.2. Bosh sovrin miqdori Tashkilotchi tomonidan bank orqali o'tkaziladi, bosh mukofot g'olibining tegishli arizasida ko'rsatilgan tafsilotlar bilan

to'lov manbaida shaxsiy daromad solig'ini chegirib qolinadi. Pul o'tkazish g'olib aniqlangandan keyin bir oy ichida amalga oshiriladi.

2. Aksiya  Perfectum kompaniyasi abonentlari uchun 2024-yil 01 - maydan dan boshlab, 2025-yil 30- aprel ga qadar oʻtkaziladi. Tashkilotchi Aksiya o'tqazilish vaqti haqida www.zaminmobile.uz rasmiy sayt manzili orqali yohud boshqa usullarda eʼlon qilishi mumkin.

Aksiya  Ucell kompaniyasi abonentlari uchun 2024-yil 06 - iyundan dan boshlab, 2025-yil 30- aprel ga qadar oʻtkaziladi. Tashkilotchi Aksiya o'tqazilish vaqti haqida www.zaminmobile.uz rasmiy sayt manzili orqali yohud boshqa usullarda eʼlon qilishi mumkin.

3. Tashkilotchi, Aksiyaning saytida yoki boshqa usullar bilan chop etgan holda Aksiya shartlariga oʻzgartirishlar kiritish Operator bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Oʻzgarishlar, chop etilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi, agar kiritilgan oʻzgarishlarda boshqacha koʻzda tutilmagan boʻlsa.

4. Aksiyani oʻtkazishning butun vaqti davomiga, “Ovozli portal” Foydalanuvchisining Abonent raqami faol holatda boʻlishi kerak.

5. Gʻolib, Aksiyada ishtirok etish uchun mazkur boʻlimga muvofiq barcha zarur harakatlarni amalga oshirgan Foydalanuvchilar orasidan aniqlanadi.

6. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvning 4.3-bandida koʻrsatilgan SMS-xabarning joʻnatilishi, Foydalanuvchini oʻyinda ishtirok etishdan avtomatik chiqarib yuborilishiga sabab boʻladi.

7. Aksiyani oʻtkazish sanasi va Aksiya gʻolibini eʼlon qilish, Tashkilotchi tomonidan maʼlumotni www.zaminmobile.uz saytiga joylashtirish yoki Foydalanuvchiga SMS-xabar joʻnatish yoʻli bilan belgilanadi.

8. Oʻyin, Zamin mobile Youtube kanalida tasodifiy sonlarni identifikatsiyalash tizimi (Randomizer)dan foydalangan holda oʻtkaziladi.

9. Gʻolib, tasodifiy sonlarni identifikatsiyalash dasturi (Randomizer) orqali eʼlon qilinadi.

10. Aksiya gʻolibini aniqlash jarayoni real vaqt rejimida (live) Zamin mobile Youtube kanalida translyatsiya qilinadi

11. Gʻolibni eʼlon qilish toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilish vaqtida, shuningdek www.zaminmobile.uz saytiga maʼlumot joylashtirish yoki Foydalanuvchiga SMS-xabarni joʻnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

12. Sovrin, ushbu Aksiyada ishtirok etgan Foydalanuvchilarga, Toshkent shahrida Tashkilotchining ofisida topshiriladi. Topshirish sanasi va vaqti, Aksiya gʻolibiga maʼlum qilish, Abonent raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki SMS-xabar joʻnatish orqali amalga oshiriladi.

13. Agar Aksiya gʻolibi, Gʻolib eʼlon qilinganidan keyin 6 kalendar kuni ichida Tashkilotchiga murojaat qilmagan yoki Toshkilotchi go'lib abonent bilan bog'lana olmasa va go'lib abonent boshqacha tarzda Sovrinni olishni rad etgan taqdirda, bu holda Tashkilotchi oʻyinni qayta oʻtkazadi yoki Sovrinni oʻz ixtiyorida qoldiradi.

14. Aksiya Tashkilotchisi, taqdim etilayotgan Sovrinlarning sifati uchun javob bermaydi.

15. Sovrinni olishda, gʻolib, oʻzining pasport nusxasini, doimiy yashash joyi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qoʻshgan holda, uyali aloqa taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomani taqdim etadi. Foydalanuvchi, Gʻolib eʼlon qilinganidan keyin 6 kun davomida sanab oʻtilgan hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, sovrin berilmaydi, va Tashkilotchi oʻyinni qayta oʻtkazadi yoki Sovrinni oʻz ixtiyorida qoldiradi.

16. Gʻolib, Sovrinning pullik naqd ekvivalentini olishni talab qila olmaydi.

17. Agar Tashkilotchi, Aksiya tashkil qilishni oʻnomidan amalga oshirsa, holda Gʻolibning nomidan va uning topshirigʻiga koʻra, soliq agenti sifatida Sovrin koʻrinishidagi boshqa daromadni olish uchun jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlash majburiyatlarini (OʻzRSK 178-moddasi 8-bandi), Tashkilotchioʻzzimmasigaoladi. Aksholda, Gʻolib, barcha tegishli soliqlarni oʻzi mustaqil ravishda toʻlash majburiyatini oladi.

18. Gʻolib, uni Gʻolib deb topilishida vujudga keluvchi huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga oʻtkaza olmaydi.

19. Tashkilotchi, Aksiya gʻolibi tomonidan qilingan xarajatlar yoki koʻrilgan zararlar uchun javobgar boʻlmaydi.

20. Foydalanuvchining Aksiya shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzvaqtida va toʻliq olmaganligi uchun javob bermaydi.

21. Aksiyada ishtirok etish fakti, Foydalanuvchining, Aksiya doirasida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini yuborish va ishlovb erilishi, Tashkilotchidan SMS-xabarlar, reklama va boshqaxabarlarni olishga toʻliq roziligini koʻzda tutadi.

22. Sovrinni olish bilan bogʻliq xarajatlarni (shu jumladan, lekin ular bilan chegaralanmagan holda, mobilaloqaga xarajatlar, Internetga kirish xarajatlari, transport xarajatlar va vah.k.) Aksiyagʻoliblari mustaqil tarzda toʻlaydilar.

23. Aksiya gʻolibi boʻlgan Foydalanuvchi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, zarur hollarda esa fotosurati va boshqa rasmlari, video, audio materiallari Tashkilotchi tomonidan reklama maqsadlarida qoʻllanilishi mumkinligiga rozi boʻladi.

24. Aksiya Tashkilotchisi, Aksiya qoidalari talablarini buzilishiga yoʻqoʻyayotgan har qanday Foydalanuvchini Aksiyadan chiqarib yuborishga haqli.

 

 

 Kelishuvga № 2 Ilova

 “Omadli Abonent” aksiya toʻgʻrisida

1. Birinchi bir oy davomida- ovozli chatdan foydalanish bepul. Ucell, Mobiuz,  UztelecomPerfectum abonentlari uchun.

2. Xizmatga ulanish uchun Ucell-8888, Perfectum-120, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222 ovozli qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishi yoki 123 qisqa raqamiga H kodini yuborishi kerak.

3. Xizmatga ulanganingizda, siz ulanish haqida bildirishnoma bilan SMS olasiz.

4. Onlayn chatdan bir oy bepul foydalanish muddati tugagandan so'ng, kelajakda xizmat pullik bo'lishi haqida SMS keladi.

5. Foydalanuvchi 71 233-36-16 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, STOP H (Uztelecom uchun STOP X) buyrug’ini 123 raqamiga yuborish orqali xizmatdan foydalanishni to‘xtatishga haqli.

6. Agar Foydalanuvchi xizmatdan foydalanishni oʻchirmasa, xizmat avtomatik ravishda nomaʼlum muddatga uzaytirilgan hisoblanadi va Xizmat koʻrsatilganligi uchun keyingi kundan boshlab kuniga  Ucell 673.6 Uztelecom 900 so'm, Mobiuz 900 so'm, Perfectum 796 so'm miqdoridagi toʻlov Ucell Foydalanuvchi  hisobdan yechib olinadi.

7. Foydalanuvchi istalgan vaqtda 71 233-36-16 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, STOP H (Uztelecom uchun STOP X) buyrug’ini 123 raqamiga yuborish orqali Xizmatdan foydalanishni rad etishi mumkin.

8. Bepul ovozli chat xizmati doirasida sovrinlar o'yini o'tkaziladi.

9. O‘yinning barcha bosqichlarida SMS yuboriladi: “Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da, Yutuq 3 miilon aksiyasida g‘olib chiqib va jonli efir olib boriladi. Kuzatish uchun: www.zaminmobile.uz

9.1. Onlayn chat xizmatiga obuna bo'lish va xizmatdan bepul foydalanishni ta'minlash va joriy kalendar oyining oxirigacha qimmatbaho sovg'alar o'yinida ishtirok etish to'g'risida xabar berish bilan.

9.2. Onlayn chatdan foydalanishning bepul muddati tugashi va SMS-xabar olingan kundan keyingi kundan boshlab faollashtirilganligi haqida SMS, xizmatdan foydalanish uchun kunlik toʻlov. (abon to‘lovi kuniga Ucell 673.6 Uztelecom 900 so'm, Mobiuz 900 so'm, Perfectum 796 so'm).

10. Sovrinlar  Prefectum kompaniyasi abonentlari 2024-yil 01 - may dan boshlab, 2025-yil 30- aprel gacha onlayn chat xizmatiga ulangan barcha raqamlar maʼlumotlar bazasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan oʻynaladi.

- Sovrinlar Ucell kompaniyasi abonentlari 2024-yil 01 - iyun dan boshlab, 2025-yil 30- aprel gacha onlayn chat xizmatiga ulangan barcha raqamlar maʼlumotlar bazasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan oʻynaladi.

- Sovrinlar Mobiuz kompaniyasi abonentlari 2024-yil 01 - iyul dan boshlab, 2025-yil 30- iyul gacha onlayn chat xizmatiga ulangan barcha raqamlar maʼlumotlar bazasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan oʻynaladi.

- Sovrinlar Uztelecom kompaniyasi abonentlari 2024-yil 01 - iyul dan boshlab, 2025-yil 30- iyul gacha onlayn chat xizmatiga ulangan barcha raqamlar maʼlumotlar bazasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan oʻynaladi.

11. Tasodifiy tanlash uchinchi tomon mustaqil Randomizer xizmati yordamida amalga oshiriladi

12. Tasodifiy tanlashning butun jarayoni videoyozuv yordamida qayd etiladi va 1 oy (30 kun) ichida Tashkilotchining veb-saytida ko‘rib chiqish uchun joylashtiriladi.

13. “Yutuq 3 millon”  va (Yutuq 5 mln-Uztecom uchun) aksiyasi faqat jismoniy shaxs maqomidagi abonentlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Korxona raqamlari va yuridik shaxslar shaxslar ishtirok etmaydi.

 

3.         Порядокподключения/отключенияуслуги 

Для подключения услуги абонент звонит на короткий номер Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120 либо отправляет смс с буквой H на 123, X Uztelecom 456. Отключить услугу абонент, может отправив СМС сообщение с текстом STOP H на короткий номер 123. Для Uztelecom STOP X на номер 456 либо позвонив на короткий номер Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120 через личный кабинет.  

  

4.         Стоимость Услуги:  

 

В период с 1 мая по 30 апреля 2024-2025 года и во время Акции «Yutuq 3 millon» для абонентов Перфектум

В период с 1 июня по 30 апреля 2024-2025 года и во время Акции «Yutuq 3 millon» для абонентов Юселл

В период с 1 июля по 30 июля 2024-2025 года и во время Акции «Yutuq 5 millon» для абонентов Uztelecom

В период с 1 июля по 30 июля 2024-2025 года и во время Акции «Yutuq 5 millon» для абонентов Mobiuz

После того как абонент подписывается на услугу и становится участником акции, ему предоставляется месяц бесплатных календарных дня пользования порталом 8 Ucell-8888, Mobiuz-8888, Uztelecom-2222, Perfectum 120 далее стоимость услуги составит Ucell 673.6 сум,  для абонентов Uztelecom 900 сум,  для абонентов Mobiuz 900 сум, для абонентов Perfectum 796 сумов в сутки.

 

Текст СМС оповещения участникам акции «Yutuq 3 millon» о переходе на платную подписку, которое будет разослано за 3 дня до окончания акции «Yutuq 3 millon» и дополнительно за 1 день (сутки) до начала начислений абонентский платы: Hurmatli Abonent,8888 portali xizmati 2024-05-01 dan 1 kunga XXX so’m bo’ladi. Xizmatni to’xtatmoqchi bo’lsangiz STOP H ni 123 ga yuboring. Batafsil: 71 2331636