Foydalanish shartlari (UZB)
Kontent-provayder axborot-ma’lumotnoma va ko’ngilochar xizmatlari ko’rsatish bo’yicha Foydalanuvchi kelishuvi
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-369 moddalariga muvofiq, mazkur Foydalanuvchi kelishuvi ommaviy oferta hisoblanadi va quyida keltirilgan shartlar qabul qilingan taqdirda, har qanday layoqatli shaxs ushbu Kelishuvning shartlarini bajarish majburiyatini oladi
Mazkur Kelishuvda qo’llaniladigan tushuncha va atamalar
Kontent-provayder – o’z faoliyatini O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2017 yil 3martda berilgan № 0006124-sonli litsenziya asosida amalga oshiruvchi «Zamin Mobile» XK (2016 yil 17fevraldaToshkent shahar Mirzo Ulug’bek Xokimligi huzuridagi tadbirkorlarni ro’yxatga olish inspektsiyasi tomonidan ro’yxatga olingan, Sertifikat № 010503-04, STIR: 303808184, tel.: +998(71)2331636
Foydalanuvchi – O’zbekiston Respublikasi Aloqa operatorlari xizmatlariga ulangan har qanday layoqatli jismoniy shaxs;
Xizmatlar – Kontent-provayderning Tariflarga muvofiq IVR va (yoki) SMS orqali ko’rsatiladigan pullik axborot-ma’lumotnoma, ko’ngilochar va boshqa xizmatlari;
IVR (Interactive Voice Response) – Foydalanuvchilarga maxsus qisqa raqamlarda axborot-ma’lumotnoma, ko’ngilochar va boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun Kontent-provaylerning Call-markazi ichida qo’ng’iroqlarni yo’naltirish vazifasini bajaruvchi, oldindan yozib qo’yilgan ovozli xabarlar tizimi;
SMS (Short Message Service) – Servis raqamlari orqali Foydalanuvchining qurilmasidan Kontent-provayderning axborot resurslariga va Kontent-provayderning axborot resurslaridan Foydalanuvchining qurilmasiga uzatiladigan, sonli formatdagi axborotni o’z ichiga olgan qisqa matnli xabar;
Foydalanuvchining qurilmasi – Foydalanuvchiga Kontent-provayderning xizmatlariga kirishni ta’minlovchi, Foydalanuvchining egaligidagi qurilma;
IVR xizmatlar tariflari – Kontent-provayderning IVR orqali ko’rsatiladigan, mazkur kelishuvning Ilovasida ko’rsatilgan axborot-ma’lumotnoma va ko’ngilochar xizmatlarning narxi (Servis raqamlari va IVR orqali ko’rsatiladigan Xizmatlar bilan tanishish uchun bu erga bosing – Ilovalar);
SMS xizmatlar tariflari – Kontent-provayderning SMS-xabarlar orqali ko’rsatiladigan, mazkur kelishuvning Ilovasida ko’rsatilgan axborot-ma’lumotnoma va ko’ngilochar xizmatlarning narxi (maxsus SMS –xabarlar, Servis raqamlari va SMS-xabarlar orqali ko’rsatiladigan Xizmatlar bilan tanishish uchun bu erga bosing –Ilovalar);
Aloqa operatori – uyali aloqa Foydalanuvchilari tegishli litsenziyalar va Foydalanuvchilarga Kontent-provayder Xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha imzolangan shartnomaga asosan Uyali aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxs.
Servis raqami – bu Kontent-provayderning axborot-ma’lumotnoma, ko’ngilochar va boshqa xizmatlariga kirishni ta’minlovchi maxsus qisqa raqam;
Abonent raqami – Foydalanuvchiga telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish shartnomasini tuzishda uyali aloqa operatori tomonidan ajratilgan, telefon tarmog’iga ulangan abonent qurilmasini unga boshqa abonent qurilmalari ulanganida identifikatsiyalashtirish mumkin bo’lgan raqam;
«Aktsiya» — Kontent-provayder tomonidan Foydalanuvchilar orasida Kontent-provayderning axborot-ma’lumotnoma, ko’ngilochar va boshqa xizmatlaridan foydalanishni kuchaytirish maqsadida bepul asosda o’tkaziladigan sovrinlar tanlovi.
1. Kelishuv predmeti
1.1. Mazkur Foydalanish Kelishuvining (bundan keyin matnda – “Kelishuv” deb nomlanadi) Tomonlari bo’lib, – o’z faoliyatini O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2017 yil 3martda berilgan № 0006124-sonli litsenziya asosida amalga oshiruvchi «Zamin Mobile» XK (2016 yil 17fevraldaToshkent shahar Mirzo Ulug’bek Xokimligi huzuridagi tadbirkorlarni ro’yxatga olish inspektsiyasi tomonidan ro’yxatga olingan, Sertifikat № 010503-04, STIR: 303808184, tel.: +998(71)2331636) (bundan keyin matnda – “Kontent-provayder” deb ataladi)va O’zbekiston Respublikasi Aloqa operatorlarining xizmatlariga ulangan har qanday layoqatli jismoniy shaxs (bundan keyin matnda – “Foydalanuvchi” deb ataladi) hisoblanadi.
1.2. Mazkur Kelishuv, Kontent-provayder va Foydalanuvchining o’rtasidagi, Kontent-provayderning IVR va/yoki SMS orqali ko’rsatiladigan axborot-ma’lumotnoma, ko’ngilochar va boshqa xizmatlari bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi
1.3. Kontent-provayderning axborot-ma’lumotnoma, ko’ngilochar va boshqa xizmatlaridan foydalanish, shuningdek Kontent-provayderning davriy xizmatlariga ulanish uchun Foydalanuvchi, Kontent-provayderning Servis raqamiga maxsus matnli SMS-xabar yuboradi yoki qo’ng’iroq qiladi (Servis raqamlari va har xil Aloqa operatorlarida IVR orqali ko’rsatiladigan Xizmatlar bilan tanishib chiqish uchun bu erga bosing — IVR xizmatlar tariflari; Servis raqamlari va har xil Aloqa operatorlarida SMS orqali ko’rsatiladigan Xizmatlar bilan tanishib chiqish uchun bu erga bosing — SMS xizmatlar tariflari).
1.4. Foydalanuvchi tomonidan xizmatga ulanish uchun tegishli matnli SMS-xabarni yuborish yoki tegishli Servis raqamiga qo’ng’iroq qilish va ovozli yordamchi tomonidan ovoz berilgan IVR xizmatga ulanish shartlarini bajarish quyidagilarni anglatadi:
— Foydalanuvchining mazkur Kelishuvni barcha bandlariga so’zsiz rozi bo’lishi va ushbu Kelishuv bo’yicha Foydalanuvchiga yuklatilgan vazifalarga rioya qilish majburiyatlari bilan uning shartlarini so’zsiz qabul qilish
— Foydalanuvchining, Kontent-provayder va Foydalanuvchini uyali aloqa operatori o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan Tariflarga muvofiq mablag’larni o’zini abonent hisob raqamidan echib olinishiga so’zsiz rozi bo’lishi;
— ushbu Kelishuvning to’liq va so’zsiz aktsepti, uni bilmaslik, shartlari bilan tanishib chiqmaslik Foydalanuvchini uni shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi;
— shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik;
— xizmatni ulash vaqtida Foydalanuvchi 18 yoshga to’lganligini tasdiqlaydi.
1.5. Kontent-provayderning Xizmatlarini taqdim etish shartlari, Foydalanuvchi tomonidan tegishli Xizmatlarga ulangan vaqtdan boshlab, Foydalanuvchi uchun kuchga kiradi.
1.6. Kontent-provayder, kiritiladigan o’zgarish va (yoki) qo’shimchalar kuchga kirishidan 1 kun oldin bu haqda Foydalanuvchini SMS-xabar orqali oldindan ogoxlantirgan holda, mazkur Kelishuvga o’zgartirish va (yoki) qo’shimchalar kiritishga haqli.
1.7. Xizmatlar tavsifi, ularning davriyligi, xizmatlarga ulanish yoki o’chirish uchun xabarlar matni, ularning narxi, alohida Aloqa operatorlarida IVR xizmatlardan foydalanish uchun Servis raqamlari, quyidagi havolalar bo’yicha kirish mumkin bo’lgan Ilovalarga ko’rsatiladi: 1a Ilova (BEELINE), 1b Ilova (UCELL), 1v Ilova (UZMOBILE), 1g Ilova (MOBIUZ), 1d Ilova (PERFECTUM MOBILE).
1.8. Mazkur Kelishuvning barcha Ilovalari, uning ajralmas qismi hisoblanadi.
2. IVR orqali Xizmatlar ko’rsatish tartibi
2.1. Kontent-provayder Xizmatlarini IVR orqali olish uchun Foydalanuvchi Kontent-provayderning Servis raqamiga qo’ng’iroqni amalga oshiradi(IVR xizmatlar tariflariga qarang) va tanlangan Xizmatga ulanish uchun tegishli raqamga bosadi.
2.2. Xizmat narxi, Kontent-provayder va Foydalanuvchining Abonent raqami ulangan Aloqa operatori o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Foydalanuvchining abonentlik hisob raqamidan echib olinadi. Kontent-provayderning har bir alohida Xizmatining narxi tegishli aloqa Operatorida ilovalarda ko’rsatiladi (1a Ilova (BEELINE), 1b Ilova (UCELL), 1v Ilova (UZMOBILE), 1g Ilova (MOBIUZ), 1d Ilova (PERFECTUM MOBILE).
2.3. Foydalanuvchining abonent raqamida mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda, Foydalanuvchi, Kontent-provayder Xizmatlar ko’rsatishni to’xtatishga haqli ekanligini tan oladi.
2.4. Foydalanuvchi, Xizmatlarga obuna bo’lishni amalga oshirib, Foydalanuvchining qurilmasi Xizmatdan foydalanish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini tan oladi. Foydalanuvchi qurilmasining Xizmatlardan foydalana olmasligi, Kontent-provayderni tegishli Xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha javobgarlikdan ozod etadi.
2.5. IVR orqali ko’rsatiladigan Xizmatlarni o’chirish uchun, Foydalanuvchi Kontent-provayderning Servis raqamiga (IVR xizmatlar tariflariga qarang) qo’ng’iroqni amalga oshiradi va tegishli Xizmatni o’chirish uchun tegishli raqamni bosadi, yoki shaxsiy kabinet orqali Servis raqamiga yoki 998(71)2331636 telefon raqami orqali Kontent-provayderning Call-markaziga qo’ng’iroq qilib, Xizmatdan foydalanishni to’xtatadi.
3. SMS orqali Xizmatlar ko’rsatish tartibi
3.1. Kontent-provayder Xizmatlarini SMS orqali olish uchun Foydalanuvchi Kontent-provayderning Servis raqamiga SMS-xabar yuboradi (SMS xizmatlar tariflariga qarang).
3.2. Tegishli Xizmatga ulangandan keyin, Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotni o’z ichiga olgan SMS-xabar oladi:
— Xizmat pullik to’lov asosida taqdim etilishi to’g’risidagi Xabarnoma;
— ulangan Xizmatning narxi;
— Xizmatni o’chirish tartibi.
3.3. Xizmat narxi, Kontent-provayder va Foydalanuvchining Abonent raqami ulangan Aloqa operatori o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Foydalanuvchining abonentlik hisob raqamidan echib olinadi. Kontent-provayderning har bir alohida Xizmatining narxi tegishli aloqa Operatorida ilovalarda ko’rsatiladi ( 1a Ilova (BEELINE), 1b Ilova (UCELL), 1v Ilova (UZMOBILE), 1g Ilova (MOBIUZ), 1d Ilova (PERFECTUM MOBILE)).
3.4. Foydalanuvchining abonent raqamida mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda, Foydalanuvchi, Kontent-provayder Xizmatlar ko’rsatishni to’xtatishga haqli ekanligini tan oladi.
3.5. Foydalanuvchi, Xizmatlarga obuna bo’lishni amalga oshirib, Foydalanuvchining qurilmasi Xizmatdan foydalanish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini tan oladi. Foydalanuvchi qurilmasining Xizmatlardan foydalana olmasligi, Kontent-provayderni tegishli Xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha javobgarlikdan ozod etadi.
3.6. SMS orqali ko’rsatiladigan Xizmatlarni o’chirish uchun, Foydalanuvchi Kontent-provayderning Servis raqamiga maxsus matnli SMS –xabar yuboradi (SMS xizmatlar tariflariga qarang), yoki shaxsiy kabinet orqali Servis raqamiga yoki 998(78)1400501 telefon raqami orqali Kontent-provayderning Call-markaziga qo’ng’iroq qilib, Xizmatdan foydalanishni to’xtatadi. Foydalanuvchining aniq mobil telefon raqamiga ulangan Kontent-provayderning barcha Xizmatlarini o’chirish uchun, Foydalanuvchi, Beeline-qisqa 123 raqamiga, Ucell-qisqa 123 raqamiga, Perfectum-qisqa 123 raqamiga,Uzmobile-qisqa 456 raqamiga, Mobiuz:-qisqa 123, Servis raqamiga 1 matnli SMS-xabar jo’natadi.
4. Kontent-provayderning huquq va majburiyatlari
4.1. Kontent-provayder, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilish majburiyatini oladi.
4.2. Kontent-provayder, Xizmatlardan foydalanish shartlarining o’zgarganligi to’g’risida Foydalanuvchilarni o’z vaqtida xabardor qilish majburiyatini oladi.
4.3. Kontent-provayder, Xizmatlarni ko’rsatishda quyidagi harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladi:
— uy manzillari, telefon raqamlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni ochiq foydalanishga joylashtirishga Foydalanuvchilarning shaxsiy roziligini olmasdan turib, shunday harakatlarni amalga oshirish;
— Foydalanuvchiga, virus yoki boshqa zararli dasturlarni o’z ichiga olgan har qanday fayllarni jo’natish;
— jinoiy faoliyatni batafsil bayon qilish yoki targ’ib qilish, jinoiy harakatlarni amalga oshirish bo’yicha yo’riqnoma yoki ko’rsatmalarni joylashtirish;
— Foydalanuvchilarga, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzishi mumkin bo’lgan har qanday boshqa ma’lumotni jo’natish
4.4. Kontent-provayder, Foydalanuvchi tomonidan biror-bir g’arazgo’y maqsadlarda yuborilgan ma’lumotlardan foydalanmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi va ushbu ma’lumotlarning oshkor qilinmasligini kafolatlaydi. Kontent-provayder tomonidan, davlat nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi bo’yicha bunday ma’lumotni oshkor qilish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va lozim darajada xizmat ko’rsatish maqsadlari uchun Kontent-provayderning majburiyati bo’lgan hollarda, Foydalanuvchi to’g’risidagi ma’lumotning Kontent-provayder tomonidan oshkor qilinishi mazkur shartning buzilishi hisoblanmaydi.
4.5. Kontent-provayder, xohlagan vaqtida, Foydalanuvchining roziligini olmagan holda ushbu Kelishuvni bir tomonlama tarzda o’zgartirishga haqli. Mazkur Foydalanish kelishuvining o’zgartirilgan versiyalari, o’zgarishlar kuchga kirgan sanadan boshlab joylashtiriladi. Foydalanish kelishuvlarining eski versiyalari bu erda bo’yicha saqlanadi.
4.6. Kontent-provayder, Xizmatni ommaviylashtirish, Foydalanuvchilarning e’tiborini jalb qilish maqsadida, Aktsiyalar o’tkazishga haqli.
4.7. Kontent-provayder Foydalanuvchilarga, Kelishuvga o’zgarish va qo’shimchalar kiritish haqidagi ma’lumot, aktsiyalar to’g’risidagi axborot, Xizmat haqidagi tashkiliy-texnik yoki boshqa ma’lumotlardan iborat bo’lgan SMS-xabarlar yuborilishini amalga oshirishga haqli.
5. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
5.1. Foydalanuvchi, mazkur Kelishuvning shartlariga rioya qilish majburiyatini oladi.
5.2. Foydalanuvchi, Tariflarga muvofiq (IVR xizmatlar tariflariga qarang; SMS xizmatlar tariflariga qarang), Kontent-provayderning ko’rsatilgan xizmatlari qiymatini to’lash majburiyatini oladi.
5.3. Foydalanuvchi Xizmatdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, shuningdek Kontent-provayderning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish majburiyatini oladi.
5.4. Foydalanuvchi Kontent-provayderga SMS-xabar orqali qandaydir bir mahsulot yoki xizmatlar reklamasi bo’lgan materiallarni yubormaslik majburiyatini oladi.
5.5. Foydalanuvchi, mazkur Kelishuvning 2.6. va 3.7. bandlariga muvofiq, Xizmatlardan foydalanishni to’xtatishga haqli.
5.6. Foydalanuvchi, voyaga etmagan shaxslarning Xizmatga kirmasligini kafolatlaydi va Foydalanuvchining aybi bilan voyaga etmagan shaxslar Xizmatga ruxsatsiz kirishlari oqibatida yuzaga kelgan qandaydir bir zarar yoki ziyon uchun mustaqil tarzda javob beradi.
6. Javobgarlik. Javobgarlikni cheklash
6.1. Kontent-provayder, ko’rsatilayotgan Xizmatlarga nisbatan hech qanday kafolatlar yoki va’dalar bermaydi.
6.2. Foydalanuvchi yoki boshqa shaxsning har qanday elektron qurilmalari, mobil qurilmalari, har qanday boshqa jihozi yoki dasturiy ta’minotiga Xizmatdan foydalanish natijasida etkazilgan yoki u bilan bog’liq zarar uchun Kontent-provayder javob bermaydi.
6.3. Foydalanuvchining Abonent raqamini uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz ishlatishi sababli vujudga kelgan ziyonlar uchun Kontent-provayder javob bermaydi va qoplab bermaydi. Foydalanuvchining Abonent raqamidan foydalanish orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar, Foydalanuvchining harakatlari deb baholanadi. Foydalanuvchi, abonent raqamidan amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to’liq javobgar hisoblanadi.
6.4. Kontent-provayder, Foydalanuvchi tomonidan Xizmatlar orqali olingan ma’lumotning mazmuni va qonuniyligi, haqqoniyligi uchun Foydalanuvchi yoki har qanday uchinchi shaxslar oldida javob bermaydi.
6.5. Kontent-provayder, telefon aloqasi, uyali operatorlar ishi, Internet tarmog’i bilan bog’lanish sifati, Internet tarmog’iga ulanish bilan bog’liq hollarda Xizmatlarni taqdim etmaslik yoki lozim darajada ko’rsatmaganlik va ularning Foydalanuvchini qurilma va dasturiy ta’minoti bilan ishlashi, shuningdek Kontent-provayderga bog’liq bo’lmagan holatlar uchun javob bermaydi.
6.6. Hech qanday vaziyatda Kontent-provayder, Xizmatdan foydalanish sababli kelib chiqqan har qanday to’g’ridan-to’g’ri, bilvosita, qasddan etkazilmagan zarar, shu jumladan qo’ldan boy berilgan daromad va yo’qotilgan ma’lumotlar uchun Foydalanuvchi yoki boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar bo’lmaydi.
6.7. Mazkur Kelishuvda bayon etilgan qoida va shartlarning Foydalanuvchi tomonidan buzilganligi uchun Kontent-provayder javob bermaydi va Foydalanuvchi tomonidan mazkur Kelishuvda bayon qilingan qoida va shartlar, yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzganida yohud har qanday uchinchi shaxslardan ana shunday ma’lumotni olganida, Kontent-provayder o’z ixtiyoriga ko’ra Foydalanuvchini oldindan ogoxlantirgan yoki ogoxlantirmagan holda, bunday harakat natijasida Foydalanuvchiga etkazilishi mumkin bo’lgan har qanday zarar uchun javob bermasdan turib, Foydalanuvchining Xizmatga kirishini to’xtatib turishi, cheklab qo’yishi yoki to’xtatib qo’yish huquqini o’zida qoldiradi.
7. Aktsiyalarni o’tkazish shartlari
7.1. Foydalanuvchilarni Xizmatdan foydalanishga qiziqtirish maqsadida, Kontent-provayder o’z ixtiyoriga ko’ra mustaqil ravishda rag’batlantiruvchi tusdagi Aktsiyalarni o’tkazishga haqli.
7.2. Aktsiyalarni o’tkazish vaqtida Foydalanuvchiga Xizmatlar bepul ko’rsatiladi. Aktsiya tugashidan 3 kun oldin Foydalanuvchi xizmatlari pullik bo’layotganligi to’g’risidani SMS-jo’natmalar orqali ogohlantiriladi. SMS-xabarda quyidagi mazmundagi ma’lumotlar bo’ladi:
— Xizmatning pullik rejimga o’tish muddati;
— Xizmat narxi;
— Xizmatni o’chirish tartibi.
7.3. Kontent-provayderning Xizmatlariga ulangan barcha Foydalanuvchilar aktsiya ishtirokchilari bo’ladi.
7.4. Quyidagilarga Aktsiyada ishtirok etish taqiqlanadi: Kontent-provayder xodimlari, vakillari hamda bunday xodim va vakillarning oila a’zolariga, shuningdek agar Kontent-provayder tomonidan pudratchi-tashkilot taklif etilgan bo’lsa u holda bunday pudratchi-tashkilotning xodim va vakillarining oila a’zolariga, boshqa har qanday yuridik shaxslarning xodim va vakillariga, shuningdek tashkilot va/yoki Aktsiyani o’tkazishga aloqador bo’lgan har qanday boshqa shaxslar hamda ularning oila a’zolariga. Agarda Aktsiya G’olibini aniqlash chog’ida, Qoidalarning mazkur bandida ko’rsatilgan shaxs G’olib bo’lganligi aniqlansa, u holda Kontent-provayder sovrinli o’yinni qayta o’tkazish huquqini o’zida qoldiradi.
7.5. Kontent-provayder har bir o’tkaziladigan Aktsiya haqida SMS xabarlar yoki IVR orqali e’lon qiladi. Har bir Aktsiyani o’tkazish shartlari Aktsiyani o’tkazish qoidalarida ko’rsatiladi, va mazkur Kelishuvning alohida Ilovalari hisoblanadi.
8. Yakuniy qoidalar
8.1. Kontent-provayder va Foydalanuvchining o’rtasidagi ushbu Kelishuv va munosabatlar, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi va talqim etiladi. Kelishuv bilan tartibga solinmagan masalalar, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xal etilishi lozim.
8.2. Agar qandaydir bir sabablar bilan ushbu Kelishuvning biror bir shartlari haqiqiy (amalda) yoki yuridik kuchga ega bo’lmasa, bu Kelishuvning boshqa shartlarining amal qilishi yoki qo’llanilishiga ta’sir ko’rsatmaydi.
8.3. Mazkur Kelishuv nomuayyan muddat davomida amal qiladi va Servisga kirish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi har qanday Foydalanuvchiga, mazkur Kelishuvni Servisda chop etish sanasigacha kabi, uning chop etish sanasidan keyin ham amal qiladi.
8.4. Mazkur Kelishuv bo’yicha vujudga kelishi mumkin bo’lgan nizo va kelishmovchiliklar sudgacha (e’tiroz bildirish) tartibiga rioya qilish yo’li bilan hal etiladi. E’tirozning Kontent-provayder tomonidan ko’rib chiqish muddati – uni Foydalnuvchidan olgan vaqtdan boshlab 14 (o’n to’rt) ish kunini tashkil etadi.
8.5. Sudgacha e’tiroz bildirish tartibida kelishuvga erishilmagan taqdirda, barcha nizo va kelishmovchiliklar Kontent-provayder joylashgan joyi bo’yicha vakolatli sudda xal etilishi kerak.
8.6. Xizmatga taalluqli har qanday e’tirozlar, masala va takliflar bilan Foydalanuvchilar Kontent-provayderga: info@zaminmobile.uz pochta manzili orqali murojaat qilishlari mumkin. Kontent-provayderga e’tiroz bilan murojaat qilinganida Foydalanuvchi, e’tirozning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi, shuningdek Servisdagi barcha ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlarini ko’rsatishi shart.
8.7.Mazkur Kelishuv o’zbek va rus tillarida tuzilgan. Nizolar kelib chiqqanida, o’zbek tilidagi variant ustuvor bo’ladi. Kelishuvning o’zbek tilidagi matni zaminmobile.uz manzilda joylashtirilgan.